Bepul suhbat

Strategiya va yangi g'oyalar

Biznes bir joyda turgan bo'lsa, ba'zan muammo ichkarida emas, yo'nalishda. Qayerga o'sish kerakligini raqam va bozor bilan birga tanlaymiz.

Shunday gaplar tanishmi?

Strategiya va yangi g'oyalarmisol
  • Ikkinchi filial ochaymi?
  • Yangi mahsulot qo'shsam sotiladimi?
  • Keyingi qadamni bilmayman

Nima qilamiz

  1. Hozirgi holatni o'lchash

    Qaysi mahsulot, mijoz va kanal pul olib kelyapti, qaysi biri faqat ish qo'shyapti.

  2. O'sish variantlari

    Yangi filial, yangi mahsulot, yangi mijozlar — har biri xarajati va xavfi bilan.

  3. Bitta tanlov va reja

    Bir vaqtda hamma narsa emas: bitta yo'nalish, aniq qadamlar va tekshirish nuqtalari.

Bu yo'nalishda keys hali yo'q

Ochiq aytamiz: bu yo'nalishda nomlangan natijamiz hali yo'q. Qila olamiz — va birinchi suhbatda aynan sizning holatingizda nima qila olishimizni aniq aytamiz. Mos kelmasa, kimga murojaat qilishni maslahat beramiz.

Shu yerdan boshlaymizmi?

Bepul suhbat: 30 daqiqa va bir sahifalik yozma xulosa.

Narx — suhbatdan keyin, ish hajmiga qarab.

Bepul suhbatga yozilish